Xabaringiz bor, 2022-yil 25-noyabrdan 5-dekabrgacha Tailandning Pattayya shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazildi.
Musobaqa davomida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 6 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Quvonarlisi, mazkur musobaqa ishtirokchilari ichida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining talabalari ham munosib ishtirok etib, yuqori natijlarni qayd etishdi.
Xususan, oliygoh talabalari Davrjon Davronov, Mexroj Mamatqulov, Fazliddin Karimovlar musobaqaning kumush medaliga, Samir Roziqov, Nargiza Joldasbayevalar esa bronza medaliga, magistrant Alisher Turdiyev va doktorant Shaxboz Xolmirzayevlar ham kumush medalini qo‘lga kiritdi.