Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygoh huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi kengashning ilmiy seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Ilmiy kengash raisi o‘rinbosari, professor F.Kerimov, kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar va mustaqil izlanuvchilar ishtrok etdi.
Yig‘ilish davomida kengash a’zolari tomonidan pedagogika fanlari bo‘yicha falasafa doktori (PhD) darajasiga nomzod tadqiqotchilarning tayyorlagan ilmiy dissertatsiya ishlari ko‘rib chiqildi hamda ularga ishlaridagi yutuq va kamchiliklar nimalardan iborat ekanligi aytilib, zaruriy ko‘rsatmalar berildi.
Muhokamalar yakunida esa tadqiqotchilar asosiy himoyaga tavsiya etildi.
Barcha tadqiqotchilarga omad tilaymiz!