Bugundan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish” kuniga bag‘ishlangan Аksilkorrupsiya haftaligi boshlandi.
Shu munosabat bilan, universitetning har bir fakultet, kafedra va bo‘limlarida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” 10 kunligini tashkil etish hamda talaba-yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan toqatsizlik munosabatini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mazkur haftalik 10-dekabrgacha davom etadi.