2022 yil 25-noyabrda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “SPORT MENEJMENTI VA MARKETINGI: MUAMMOLAR, TENDENSIYALAR VA ISTIQBOLLAR” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Mazkur anjuman universitetning “Sportni boshqarish va turizm” fakulteti Sport menejmenti va iqtisodiyot kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etildi.
Anjumanda Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi va xorijiy mamlakatlaridan xususan, Rossiya Federatsiyasi P.F.Lesgaft nomidagi Milliy Davlat universitetidan, «GCOLIFK» Rossiya sport universitetidan hamda O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligidan, O‘zbekiston Respublikasi Shaxmat Akademiyasidan, O‘zbekiston Respublikasi Shaxmat federatsiyasidan taniqli olimlari, professor-o‘qituvchilari va sportchilar faol ishtirok etishdi.
Anjuman universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor B. Musayevning kirish so’zi bilan boshlandi.
Аnjumanning ilmiy dasturi:
- Zamonaviy sport industriyasi sharoitida sport menejmentining o‘rni.
- Raqamli iqtisodiyot sharoitida sport marketing tizimini rivojlantirishning dolzarb masalalari.
- O‘zbekistonda shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish masalalari.
- O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalarini oʼz ichiga oldi.
Konferensiya yakunida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya universiteti va Qirg‘iziston Respublikasi K. Sh. Toktomamatov nomidagi xalqaro universitet o‘rtasida memorandum imzolandi. Shartnoma shartlariga ko‘ra, universitetlar mutaxassislarni tayyorlash, jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish va targ‘ib qilish sohasida hamkorlik qiladi.
Anjuman natijalari bo‘yicha so‘zga chiqqan barcha olimlar, xususan xorijiy olimlarning bildirgan xulosalari va anjuman to‘plamiga kelib tushgan ilmiy maqolalarda bildirilgan taqqoslama tanqidiy tahlillar asosida taklif va tavsiyalari tayyorlandi.