Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygoh rektorining Xotin-qizlar bo‘yicha maslahatchisi va uning a’zolarini saylash jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Unda universitet rektori M. Boltabayev, Chirchiq shahar hokimi o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Y.Jumayeva, universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektori N.Dusanov, Chirchiq shahar “Vohid Xaydarov” MFY xotin-qizlar faoli B.Umarbayeva hamda oliygohning ayol professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlari ishtirok etdilar.
Dastlab, saylov jarayonini komissiyasi raisi, universitet rektori, professor M. Boltabayev ochib berdi va komissiya a’zolari bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi. Shundan so‘ng nomzodlari ko‘rsatilgan: N.Tursunova, N.Xudayberdiyeva hamda M.G‘aniyevalarning saylovoldi dasturlari tinglandi. Saylov jarayonlari bir ovozdan ochiq ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, G‘aniyeva Marhabo Yuldash qizi eng ko‘p ovoz bilan universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi lavozimiga loyiq deb topildi.