Xabaringiz bor, joriy yilning 14-noyabr kuni Meksikaning Gvadalaxara shahrida taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionati start oldi.
Dunyoning eng kuchli taekvondochilarini o‘zida to‘plagan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi to‘liq tarkibda ishtirok etmoqda.
Chempionatdagi ahamiyatli jihat shundaki, unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Yakkakurash sport turlari fakultetining 4-kurs talabasi Feruza Sodiqova (-62 kg) musobaqaning bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Yarim finalgacha bo‘lgan yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tgan Feruzaga keyingi bosqichda biroz omad yetishmay, gretsiyalik raqibasi Teopoula Sarvanakiga imkoniyatni boy berdi.
Terma jamoamizning qolgan barcha vakillariga esa navbatdagi bahslarda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!