✅O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘qituvchisi Ravshanova Nafisa Bahodirjon qizi tomonidan milliy kurash sportini raqamlashtirishga qaratilgan “SMART KURASH” loyihasi ishlab chiqildi.
💡“SMART KURASH — raqamli murabbiy” loyihasi milliy kurash turlari bo‘yicha sportchilarning harakatlarini sun’iy intellekt texnologiyalari asosida tahlil qilish imkonini beruvchi innovatsion tizimni yaratishga qaratilgan.
🟢Oddiy video tahlil tizimlaridan farqli ravishda, loyiha doirasida ishlab chiqilayotgan maxsus biomexanik modellar yordamida kurashchining harakatlari smartfon kamerasi yoki maxsus sensorlar orqali real vaqt rejimida kuzatiladi.
🤖Tizim sportchining harakatlarini tahlil qilib, aniqlangan xatolar yuzasidan ovozli yoki vizual signal orqali darhol tavsiya va ko‘rsatmalar beradi. Bu esa sportchiga texnik harakatlarini tezkor ravishda to‘g‘rilash va mashg‘ulot samaradorligini oshirish imkonini yaratadi.
📊Loyihaning amalga oshirilishi natijasida sportchilar tayyorgarligini boshqarishning raqamli, obyektiv va yuqori aniqlikdagi modeli yaratiladi.
🚀“SMART KURASH” loyihasi sport natijadorligini oshirish, murabbiylik faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida optimallashtirish hamda sport ta’limiga sun’iy intellekt va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishga xizmat qiladi.
✔️Ilm — innovatsiya — sport — yutuq!