O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining O‘zDJTSU “Ilmiy axborotnomasi” ilmiy- nazariy jurnali 2025-yildan boshlab quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy nashrlar uchun maqolalar qabul qilishini e’lon qiladi.
- Sport fani: muammolari va istiqbollar;
- Sport mashg‘ulotlari: texnika, taktika, usuliyat;
- Bolalar –o‘smirlar sporti;
- Jismoniy tarbiya va sportning tibbiy-biologik va ijtimoiy psixologik asoslari;
- Sport psixologiyasi;
- Sport huquqi;
- Pedagogik kadrlarni tayyorlash (jismoniy tarbiya va sport sohasida);
- Sport iqtisodiyoti va menedjmenti;
- Olimpizm.
Shuningdek, jurnalning har bir soni (elektron ko‘rinishda) Rossiya ilmiy iqtiboslar indeksi (RINS) bazasiga joylashtirib boriladi. Ushbu elektron baza (RINS) olimlar, ilmiy jurnallar va boshqalarning samaradorligini baholashga imkon beruvchi kuchli analitik vositadir. O‘zDJTSU “Ilmiy axborotnomasi jurnali” bir yilda 12 marta har oyning oxirgi xaftasida o‘zbek, ingliz va rus tillarida nashr etiladi.
Jurnalning asosiy jihatlari quyidagilardan iborat:
- nashrning to‘liq nomi: o‘zbek tilida – O‘zDJTSU “Ilmiy axborotnomasi”, ingliz tilida – “Scientific Bulletin” of the Uzbek State University of Physical Education and Sports, rus tilida УзГУФКС “Научный вестник”;
- nashrning tili – o‘zbek, ingliz va rus tili;
- hajmi: A4 formatdan iborat bo‘ladi;
- tarqatilish usuli - jismoniy va yuridik shaxslar bilan shartnoma asosida obuna orqali hamda chakana savdo orqali, online tarzda;
- tarqatiladigan hududi – Respublika va xalqaro miqiyosda.
Tahririyat manzili: 111709, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Sportchilar ko‘chasi, 19-uy, tel.: (+99870) 717-17-76.
Maqolalarga qo‘yiladigan talablar va rasmiylashtirish tartibi:
- Taqdim etilgan maqolada tadqiqot dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, natija va muhokamalari, xulosa qismlari keltirilgan bo‘lishi zarur.
- Maqola Times New Roman shriftida 14 kattalikda, 1,15 sm oraliqda (interval), chap va o‘ng, tepa past qismlari 2 sm, xat boshi 1,25 sm formatda qabul qilinadi.
- Mavzu nomi bosh harflarda va qoraytirilgan holda, mavzudan so‘ng esa muallif(lar)ning ilmiy daraja va unvoni(agar mavjud bo‘lsa) keyin F.I.Sh. va ish (o‘qish) joyi to‘liq keltiriladi. Muallifning elektron manzili ham bo‘lishi kerak. Muallif(lar)ning fotosurati ham alohida fayl (jpeg, jpg, png) sifatida ilova qilinadi.
- Maqolaga annotatsiya (maqolaning muxtasar mazmuni va maqsadi) va kalit so‘zlari berilishi shart. (o‘zbek, rus, ingliz tillarida-tarjima to‘liq va mazmunan boyitilgan bo‘lish lozim).
- Maqolaga havola(snoska)lar [1,2,...] ko‘rinishida va maqola so‘nggida adabiyot sifatida ko‘rsatilishi lozim.
- Maqolada rasmlar: Barcha grafik materiallar (chizma, diagramma, rasm) “Rasm” deb arab raqamlari bilan qayd etiladi. Belgi yoki ishoralar – rasm ostida, keyingi qatorda, o‘rtada joylashtiriladi va qoraytirilgan shrift bilan belgilanadi. Rasm matndan yuqori va pastdan bir qatordan bo‘sh qoldiriladi. Barcha rasmlarda havola bo‘lishi shart (1-rasm). Izohlar ushbu holatda qayd etiladi 1-jadval(rasm)ga qarang.
- Maqolada jadvallar: “Jadval” so‘zi bilan ifodalanib arab raqamlari bilan qayd etiladi. Jadvalning nomlanishi va qayd raqami (chiziq bilan) beriladi va o‘ng tomonga to‘g‘rilanadi, jadvalning nomi keyingi qatorda tepadan qoraytirilgan shriftda yoziladi.
- Maqola 7-10 sahifa (bet)dan iborat bo‘lishi shart. Maqola ilmiy asoslangan bo‘lishi hamda maqola muallifidan ilmiy darajasi yuqori bo‘lgan yetakchi mutaxassis tomonidan kamida 1 ta taqriz, tahrir qilingan holda 1 nusxa qog‘ozda, maqola elektron variantda topshiriladi.
- Maqoladagi ma’lumot va dalillarning aniqligi, to‘g‘riligi va ko‘chirilmaganligi (plagiat-75% yuqori bo‘lsa qabul qilinmaydi) yo‘l qo‘yilmaganligiga muallif javobgardir. Adabiyotlar ro‘yxatidagi manbaalar yili va betlari aniq ko‘rsatiladi (“Sport faoliyatining nazariy asoslari”. Toshkent, 2009. 25-27 b.) UO‘K (UDK, UDC) tahririyat tomonidan beriladi.
- Maqolalar ekspert komissiyasi tomonidan tahlil qilinadi va ekspertlar tomonidan tavsiya etilgan maqolalar chop etiladi. Tavsiya etilmagan maqolalar chop etilmaydi va maqolalar muallifga qaytarilmaydi.
Maqola chop etish narxi: 300 ming so‘m (elektron jurnal)
Rasmiy telegram kanal: @uzdjtsu_ilmiyaxborotnomasi