3D MA SPORT BIOMEXANIKA LABORATORIYASI
Turli sport turi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarda yo‘l qo‘yiladigan biokinematik va biodinamik xatolarni aniqlash va bartaraf etish texnologiyasini ishlab chiqish, olingan ma’lumotlar asosida sportchilarning 3D grafik va matematik modellarini yaratish hamda qishki sport turlarida sportchilarning harakat tayyorgarligini nazorat qilish va baholash uchun maqsadida “Innovatsion rivojlanish agentligi” va O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti ko‘magida universitetda “3D MA biomexanik laboratoriya”si tashkil etildi.
Biomexanik laboratoriya barcha sport turlari bo‘yicha (suv sport turlaridan boshqa) shug‘ullanuvchi sportchilarning 3D modellari asosida tayanch-harakat apparati to‘g‘risida ma’lumotlarini skeleti xolatining og‘ish burchaklari asosida o‘zgarish ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularni baholash hamda korreksiya qilishga mo‘ljallangan.
Laboratoriyada quyidagi ishlar yoritiladi:
- Integrallashgan harakatni qo‘llash texnologiyasi tufayli STT Systems tomonidan ishlab chiqilgan 3D MA dasturi hamda Optitrack tomonidan ishlab chiqilgan Prime-13 kameralari to‘plami yordamida to‘liq va ob’yektiv ma’lumotlarni taqdim etiladi;
- Biomexanik nazorat natijalarining tahliliga ko‘ra harakatlarning biodinamik, biokinematik jihatlariga baho beriladi;
- Sportchilarda kuch, tezkorlik, chidamkorlik sifatlari oshishi uchun ilmiy ko‘rsatmalar beriladi;
- Jarohatlarni oldini olish va sportchilarning optimal jismoniy holatini ta’minlash imkoniyati taqdim etiladi.
3D MA SPORT BIOMEXANIKA LABORATORIYASI