Chet el fuqorolari uchun qabul jarayoni
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida o‘quv jarayoni davomiyligi qaysi bosqichda va qaysi ta’lim turida tahsil olinishiga kо‘ra turlicha bо‘ladi. Bakalavr bosqichi - 4 yil, Magistratura bosqichi – 2 yil, Doktorantura bosqichi (PhD yoki DSc) – 3 yoki 4 yil davom etadi (bu bosqichda yо‘nalishdan kelib chiqib о‘quv jarayoni davomiyligi belgilanadi). Ta’limning kechki va sirtqi (maxsus sirtqi) turi ham taklif etiladi.
Bizning universitetda barcha yо‘nalishlarda о‘qish jarayoni kunduzgi va kechki shaklda amalga oshiriladi. Xorijiy fuqorolar о‘qishga suhbat asosida qabul qilinadi.
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tahsil olish xorijiy fuqorolar uchun tanlovga qarab о‘zbek va rus tillarida amalga oshiriladi, shu sababli nomzodlardan о‘zbek yoki rus tillarini mukammal darajada bilishlari talab qilinadi.
Hujjatlar international@jtsu.uz elektron pochta manzili orqali yoki universitetga tashrif buyurgan holda qabul qilinadi.
🔷 Xorijiy fuqorolardan quyidagi hujjatlarni institutning Xalqaro hamkorlik bо‘limiga taqdim etishlari talab qilinadi:
- Application form.
- Passport copy - 2
- Transcripts and diplomas from previous educational institutions
- Medical statement
- Curriculum Vitae (CV) or Resume: This document outlines the applicant's educational background, informatipn family members, work experience (if applicable), skills, and achievements.
➡️Ariza shaklini yuklab olish(.word)
Xalqaro aloqalar va investitsiyalarni jalb etishbo‘limi boshlig‘i: Yo‘ldoshev Muhriddin Kamoliddin o‘g‘li
Telefon raqam: +99877 293 96 96
Email: international@jtsu.uz