Fuqaro–mehnat muhofazasi, rejim va qo‘riqlash bo‘limi
Fuqaro–mehnat muhofazasi, rejim va qo‘riqlash bo‘limi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida xavfsizlikni ta’minlash, mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishini nazorat qilish, ichki rejimni tashkil etish, universitet mulkini muhofaza qilish, shuningdek yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarning oldini olish ishlarini tashkil etish bilan shug‘ullanadi.
Bo‘lim faoliyati O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va universitetning ichki me’yoriy hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Asosiy vazifalar:
• Xodimlar va talabalar uchun xavfsiz mehnat va ta’lim sharoitlarini ta’minlash;
• Yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
• Favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarlikni tashkil etish;
• Universitet hududiga kirish-chiqish rejimini nazorat qilish;
• Qorovullik xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish;
• Profilaktik tushuntirish ishlarini olib borish.
Bo‘lim maqsadi:
Universitet hududida xavfsiz, tartibli va barqaror muhitni ta’minlash, inson hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish hamda mulk xavfsizligini kafolatlash.

Fuqaro–mehnat muhofazasi, rejim va qo‘riqlash bo‘limi boshlig'i;
Sharipov Farxod Sapayevich
Telefon raqam: +998 91 437 55 44;
E-mail: sharipovfarxod168@gmail.com



