👦 Joriy yilning 12-noyabr kuni Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-öqituvçilari jumladan kafedra dotsenti I.Xaytmetov, kafedra professori N.Fetxullova kafedra katta öqituvçilari M. Ortikova, D.Tuyçiyeva, K.Nazarova va 4-bosqiç sirtqi talaba qizlari hamkorligida Toşkent viloyati Gimnastika sport turlariga ixtisoslaştirilgan gimnastika maktabining badiiy gimnastika yönalişida şuğullanuvçi sportçilari uçun mahorat darsi (master-klass) taşkil etildi.
🤸♀️ Mazkur mahorat darsidan közlangan asosiy maqsad yoş sportçilarning badiiy gimnastika böyiça nazariy bilimlari va amaliy könikmalarini yanada takomillaştiriş, maşğulotlar jarayonida zamonaviy pedagogik yondaşuvlar hamda samarali örgatiş usullarini namoyiş etişdan iborat böldi.
✅Tadbir davomida professor-öqituvçilar tomonidan badiiy gimnastikaga xos texnik elementlarni töğri va sifatli bajariş, arğamçi bilan işlaş texnikasi, tana moslaşuvçanligi, muvozanat saqlaş, koordinatsiya hamda xoreografik mumtoz raqs harakatlarini uyğunligini rivojlantirişga qaratilgan amaliy maşqlar namoyiş etildi. Şuningdek, sportçilarga murakkab elementlarni özlaştirişda e’tibor qaratilişi lozim bölgan jihatlar yuzasidan metodik tavsiyalar berildi.
⚡️ Mahorat darsi davomida yoş gimnastikaçilar özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda mutaxassislar kömagida amaliy maşqlarni bajariş imkoniyatiga ega böldilar.
⏩Uşbu hamkorlikdagi tadbir yoş sportçilarning sport mahoratini oşiriş, badiiy gimnastikaga bölgan qiziqişini yanada kuçaytiriş, şuningdek, universitet va ixtisoslaştirilgan sport maktablari örtasidagi ilmiy-uslubiy va amaliy hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.