Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish hamda yangi yo‘nalishlarni joriy etish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
✔️Mazkur jarayonda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi mas’ul xodimi Dilmurod Maxmerajabov, ekspertlar Mansurbek Ma’rufov, Xanjarbek To‘xtaxo‘jayev, G‘olibjon Ravshanov hamda universitet rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
📌 O‘rganilgan ta’lim dasturlari:
🟢61010200 — Sport faoliyati (qilichbozlik)
🟢70111201 — Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari metodikasi
🗣O‘rganish davomida mazkur ta'lim dasturlari bo‘yicha ish beruvchi tashkilot vakillarining fikrlari eshitilib, o‘quv-uslubiy ta’minot, moddiy-texnik bazasi, professor-o‘qituvchilar salohiyati hamda ushbu jarayonlarni zamonaviy talablar asosida tashkil etish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
✍️Shuningdek, ekspertlar tomonidan ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va innovatsion texnologiyalarni joriy etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
📱Mazkur o‘rganish ishlari universitetda ta’lim sifatini yanada takomillashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda xalqaro standartlarga mos ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.