Joriy yilning 3-mart kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “O‘zbek va chet tillari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda universitetimiz talabalari ishtirokida «Русский язык - путь к спортивному успеху» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-musiqiy kecha tashkil etildi.
🟡Tadbir davomida rus xalqining boy madaniyati va urf-odatlari aks etgan sahna ko‘rinishlari, jozibador musiqiy chiqishlar, she’r va qo‘shiqlar namoyish etildi. Ayniqsa, talaba-yoshlar o‘rtasida rus tili bo‘yicha o‘tkazilgan bilimlar sinovi qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarining til ko‘nikmalari, nutq madaniyati hamda ijodiy salohiyatlarini namoyon etdilar.
📶Tadbirning asosiy maqsadi – talabalarda xorijiy tillarni, xususan rus tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda sport va til uyg‘unligini targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.
🔴Kecha yakunida faol ishtirok etgan talabalar rag‘batlantirildi. Tadbir barcha ishtirokchilarda ko‘tarinki kayfiyat va ijobiy taassurot qoldirib, til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.