🤝2026-yil 25-fevral kuni O‘zDJTSU Madaniyat saroyida Qo‘shma ta’lim dasturlari magistratura va xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan shaxmat va shashka bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi.
🔶Tadbirda shaxmat bo‘yicha yetakchi grossmeyster, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, uch karra Osiyo chempioni hamda FIDE xalqaro toifadagi ustasi — Davron Sharipov, shuningdek, O‘zbekiston shashka sporti tarixida munosib o‘rin egallagan, bir necha karra O‘zbekiston chempioni, sport ustasi, 2024-yilgi Osiyo chempioni va 2025-yilgi Jahon kubogi sohibasi — Xumora Xoliqberdiyeva ishtirok etdilar.
📑Mahorat darsi talaba va magistrantlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, shaxmat va shashkani analitik hamda strategik fikrlashni shakllantiruvchi muhim vosita sifatida keng targ‘ib etish maqsadida tashkil qilindi.
💠Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida g‘olib hamda sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.
🏆Shashka bo‘yicha g‘oliblar:
Shoyusupov Marsel
Alyaminova Zebuniso
Baxriddinova Sabrina
♟Shaxmat bo‘yicha g‘oliblar:
Maxmudjonov MuxamadAli
Abduholiqova Gulchexra
Tog‘ayev Davron
⚡️Tadbir yakunida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan shaxmatga oid kitob va qo‘llanmalar universitet kutubxonasiga tantanali ravishda topshirildi. Mazkur mahorat darsi talabalar uchun nafaqat sport musobaqasi, balki katta tajriba va motivatsiya manbai bo‘ldi.