✅Universitetimizning Xalqaro aloqalar bo‘limi ushbu strategik loyiha ustida uzoq vaqt davomida tizimli ish olib bordi va natijada uch tomonlama hamkorlik memorandumi rasman kuchga kirdi.
✔️Mazkur kelishuv O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Matkarimov Rashid Masharipovich, “Silk Road Innovation and Development Institute” direktori Sharapov Akmalxon Zokirxonovich hamda Xitoyning “Beijing Silk Road Culture Development Co. Ltd.” kompaniyasi prezidenti Zang Hongyan (Shirin) tomonidan imzolandi.
⏩Ushbu loyihaning asosiy hamkori bo‘lgan Xitoy kompaniyasi va instituti ta’lim sohasida xalqaro integratsiyani rivojlantirish, madaniy aloqalarni mustahkamlash va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida dunyo miqyosida ulkan tajribaga ega.
➡️Uzoq davom etgan muzokaralar yakunida tomonlar oliy ta’lim va sport ilmi yo‘nalishida yangi istiqbollarni ochishga kelishib oldilar. Endilikda hamkorlik doirasida xorijlik talabalarni universitetimizning akademik dasturlariga jalb qilish, qo‘shma marketing strategiyalarini ishlab chiqish va xalqaro miqyosda targ‘ibot ishlarini olib borish yo‘lga qo‘yiladi.
🔺Eng muhim kelishuvlardan biri sifatida, universitet bazasida Xitoy tili markazi faoliyati tashkil etiladigan bo‘ldi. Ushbu markaz uchun kompaniya tomonidan yuqori malakali xitoylik mutaxassislar jalb etiladi, universitet esa ularni zamonaviy o‘quv xonalari bilan ta’minlaydi.
💠Bundan tashqari, talabalar, malakali o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish, birgalikda xalqaro ilmiy konferensiyalar va sport tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha qat’iy to‘xtamga kelindi. Ushbu memorandum, kelgusida sport sohasidagi ilmiy salohiyatimizni jahon bozorida raqobatbardosh qilishga xizmat qiladi.