2026-yil 21-yanvar kuni O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi binosida Uzbekistan Aquatics federatsiyasining hisobot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
👦Mazkur tadbirda federatsiya raisi Qudratilla Rafiqov, O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Otabek Umarov, MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov, federatsiya bosh kotibi Ruslan Mustayev, shuningdek, mutasaddi tashkilotlar vakillari, terma jamoa a’zolari va sport sohasi mutaxassislari ishtirok etdi.
✔️Konferensiya davomida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berilib, 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar va istiqbolli rejalar muhokama qilindi. Hududlardan onlayn tarzda qatnashgan viloyat vakillari joylardagi sport infratuzilmasining holati, sportchi va murabbiylar tarkibi, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etdilar.
🌎Kun tartibidagi asosiy masalalardan biri 24-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan World Aquatics Ijroiya byurosi yig‘ilishiga tayyorgarlik jarayoni bo‘ldi. Ushbu yo‘nalishda tashkiliy va texnik masalalar atroflicha muhokama qilindi.
🗣️Ta’kidlash joizki, konferensiya ishida Suv sporti turlari kafedrasi mudiri Islamov Izzatilla hamda kafedra professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar.
➡️Konferensiya yakunida xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylar munosib taqdirlandi. Ular orasida Suv sporti turlari kafedrasi sportchi-talabalari — SS 01-25 guruh talabasi Murudova Elina, SU 01-22 guruh talabasi Berkovich Roman, Zelinskaya Anastasiya, SS 01-22 guruh talabasi Toshxo‘jayeva Ziyodaxon hamda Vashenko Annalar e’tirof etildi.
➡️Mazkur konferensiya suv sporti turlarini yanada rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va sportchilar salohiyatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.