✔️21-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti madaniyat saroyida “Adolat” SDP hamda Belbog‘li kurash federatsiyasi hamkorligida Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini yoshlar orasida targ‘ib qilish, iqtidorli va iste’dodli yigit-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, sport sohasini rivojlantirishga oid vazifalar ijrosi yuzasidan targ‘ibot bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi Robaxon Maxmudova, Osiyo belbog‘li kurash konfederatsiyasi prezidenti Mo‘minxo‘ja Muratov hamda federatsiya faxriy prezidenti Qodir Jo‘rayev so‘zga chiqdi.
🗣️Partiya yetakchisi R.Maxmudova mamlakatimizda yaratib berilgan imkoniyatlar samarasi o‘laroq yoshlarimiz xalqaro musobaqalarda nufuzli o‘rinlarni egallayotgani, dunyo tobora mamlakatimizni kuchli sport ustalari yurti sifatida tan olayotganini ta’kidladi.
📑So‘zga chiqqanlar Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar, yoshlar siyosati, sport va jismoniy tarbiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan vazifalar haqida batafsil to‘xtaldi.
➡️Murojaatnoma sport sohasini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni vatanparvar, jasur va qat’iyatli qilib tarbiyalashda muhim dastur ekani qayd etildi.
🌎O‘zaro fikr almashish jarayonida kelgusi vazifalar, maqsadlar belgilab olindi.