🌎“O‘zbek sportining ertangi egalari” bilan ochiq va samimiy ruhda o‘tgan mazkur uchrashuvda rektor tomonidan ilmiy izlanuvchilardan tadqiqot jarayonlarida ilg‘or xalqaro tajribalarni chuqur o‘rganish, zamonaviy texnologiyalar va metodlarni amaliyotga joriy etish talab etilishi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, buning uchun chet tillarini puxta egallash, soha rivoji yo‘lida muntazam izlanishda bo‘lish, ilmiy-tadqiqot faoliyatida zarur adabiyotlar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni doimiy mutolaa qilish bugungi kunning muhim talabi ekanligi qayd etildi.
✔️Uchrashuvda universitetning ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, ta’lim sifatini yanada yuksaltirish va xorijiy tajribani oliygoh faoliyatiga joriy etish maqsadida Germaniyadan Georgiy Korobeynikov va Lesya Korobeynikova, Janubiy Koreyadan Kim Er Jun va Bayek Mung Jong, Serbiyadan taniqli murabbiy Moro Branislav, Kubadan Xulio Li Echavario, Turkiyadan Hasan Kaya, Bangladeshdan Muhammad Al-Imron kabi yetakchi mutaxassislar universitetga jalb etilgani va bu tashabbuslar o‘zining ijobiy samarasini bera boshlagani ta’kidlandi.
✅Shuningdek, ilmiy izlanuvchilar va magistrantlar o‘z faoliyatiga fidokorlik va professionallik bilan yondashishi, avvalo vatanparvarlik va o‘ziga nisbatan yuqori talabchanlik fazilatlarini shakllantirishi zarurligi alohida uqtirildi.
🗣️Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yosh tadqiqotchilar va iqtidorli talaba-yoshlarni qiynayotgan muammolar, ularning yechimlari, shuningdek, ularga qo‘yilayotgan talablar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.
➡️Uchrashuv yakunida universitet rektori ilmiy izlanuvchilar uchun oliygohda davlat tomonidan barcha zarur sharoitlar yaratilganini ta’kidlab, yoshlarni ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanishga chorladi.