👦Bugun 12-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mard o‘g‘lonlar – Vatan qalqoni” mavzusida adabiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🌎Tadbirda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sh.Mirzanov, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi zahirasidagi polkovnik O.Ilmiyaminov, shuningdek kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdilar.
➡️Tadbir davomida Vatanga sadoqat, mardlik va jasorat tushunchalari, Qurolli Kuchlarimizning jamiyatdagi o‘rni va nufuzi, yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.