✔️2025-yil 25-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Jismoniy tarbiya va sport sohasida sifatli ta’lim va yuksak ma’naviyat masalalarining ilmiy-nazariy asoslari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
🔴Mazkur anjuman universitet rektori, Rashid Matkarimovning kirish so‘zi bilan ochib berildi. O‘z nutqida rektor jismoniy tarbiya va sport sohasida sifatli ta’limni ta’minlash, ilmiy salohiyatni yuksaltirish hamda yosh avlodning ma’naviy-axloqiy kamolotini ta’minlash masalalarining dolzarbligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
💠Shundan so‘ng anjuman ishini quyidagi sho‘balar doirasida davom ettirdi:
➡️Jismoniy tarbiya va sport ta’limi tizimida pedagogik yondashuv samaradorligini oshirishning innovatsion mexanizmlari;
➡️Jismoniy tarbiya va sport ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish hamda o‘quv-mashg‘ulot jarayonini optimallashtirishning ilmiy-uslubiy asoslari;
➡️Jismoniy tarbiya va sport ta’lim muassasalarida raqamlashtirishning o‘quv jarayonlariga ta’siri hamda ta’lim sifati ko‘rsatkichlarini oshirishdagi o‘rni.
➡️Mazkur sho‘balarda ishtirokchilar tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda dolzarb ilmiy ma’ruzalar taqdim etildi:
➡️jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining ilmiy-tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirish masalalari;
➡️jismoniy tarbiya va sport ta’limida raqamli ofis va registratura tizimlarining samaradorligi hamda boshqaruvda yangicha yondashuvlar;
➡️ishchi xodimlar uchun ish jarayonida qisqa muddatli tanaffuslarni joriy etish va ergonomik mehnat sharoitlarini yaratish;
➡️jismoniy tarbiya va sport jarayonida yoshlarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishda milliy va zamonaviy yondashuvlar.
📑Anjuman yakunida bildirilgan ilmiy taklif va xulosalar jismoniy tarbiya va sport ta’limi tizimini takomillashtirish, ta’lim sifati hamda ilmiy faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.