🌎Joriy yilning 23–25-dekabr kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sambo sport turi bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
✅Mazkur musobaqalarda yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan eng sara sambochilar sovrinli o‘rinlar uchun keskin va murosasiz bahslarda kuch sinashmoqda. Bellashuvlar turli vazn toifalarida, erkaklar, ayollar hamda jangovar sambo yo‘nalishlarida tashkil etilib, musobaqa ishtirokchilarining sport mahorati va tayyorgarlik darajasini namoyon etishga xizmat qilmoqda.