Joriy yilning 19-noyabr kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Bir Vatan, bir el, bir bayroq” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda universitet talabalari bilan bir qatorda professor-o‘qituvchilar ham faol ishtirok etdilar.
➡️Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarda davlat ramzlariga hurmat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
🗣Tadbir yuqori saviyada o‘tkazildi va ishtirokchilarda milliy g‘urur, vatanga sadoqat, davlat ramzlariga hurmat tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.