💠 Joriy yilning 5-noyabr kuni Universitetimiz faol, yetakchi talabalari o`rtasida “Talaba-strategik lider” shiori ostida shaxmat musobaqa bo`lib o`tdi. Universitetimiz tyutorlari bu musobaqa orqali talabalar orasidan uzoq istiqbolli rejalar tuzish, aniq maqsadlar qo‘ya oladigan va ushbu maqsadlarga erishish uchun resurslarni yo‘naltira oladigan, muammolarni oldindan ko‘ra oladigan o‘z tashkilotchiligi bilan talabalar orasida ajralib turadigan yoshlarni aniqlashdi.
➡️Bugungi kunda shaxmat eng mashhur o‘yinlardan biriga aylangan, sport turi sifatida qabul qilingan bo`lib, dunyo bo`ylab millionlab kishilar bu o`yinni o`ynashadi. Shaxmat aqliy gimnastika sifatida o`ynaladi.
✅ Shaxmat musobaqasida Universitetimiz Sport psixologiyasi va pedagogikasi kafedrasi Shaxmat yo`nalishi talabalari va boshqa kafedralar talabalar faol qatnashdilar. Musobaqada vaziyatni to‘g‘ri baholay olgan vaqtni to‘gri taqsimlab, bilim ko‘nikmalari yuqori bo‘lgan talabalar go‘lib bo‘lishdi. Mosobaqa ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.
➡️Talabalar bu kabi musobaqalar yana davom etishiga taklif bildirishdi. Talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun tashkillashtirilgan bu kabi musobaqalar yana davom etadi.
1-o‘rin: Fayzullayev Meyirjan.
2-o‘rin: Aminov Jahongir.
3-o‘rin: Abduholiqov Sarvar.
🗣Yurtimiz ravnaqi ya`ni kelajagi yoshlar qo`lida shunday ekan bizga ertangi kunni ko`ra oladigan vaziyatni to`g`ri baholay oladigan bilimli, yetakchi yoshlar kerak. Albatta bunday yoshlar Universitetimiz talabalari orasida talaygina.