🟢Sirdaryo viloyatida fidjital sport bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining mintaqaviy bosqichi davom etmoqda
✅ Ushbu chempionatda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasining badiiy gimnastika ixtisosligi 51-25 guruh talabalari Shokirjonova Farangiz va Yoqubova Dilshoda munosib o‘rinlarni egallashdilar.
✅ Sirdaryo viloyati Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Fidjital futbol (FIFA 24, 5x5 formati), fidjital basketbol (3x3 EA), lazertag va Just Dance yo‘nalishlari bo‘yicha iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda milliy terma jamoani shakllantirish maqsadida O‘zbekiston chempionatining mintaqaviy bosqichi davom etmoqda.
🗣Turnirning uchinchi kuni fidjital just dance yo‘nalishi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tdi. Unda 19 ta jamoa, jami 38 nafar sportchi ishtirok etdi. Musobaqa keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tdi.
⏺Natijalarga ko‘ra...
🥇 Shokirjonova Farangiz (BG_51-25)
🥉 Yoqubova Dilshoda (BG_51-25)
💠Musobaqa jarayonlari g‘olib bo‘lgan 1- va 2-o‘rin sohiblari O‘zbekiston chempionatining respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.