👦✏️“Ma’rifat ulashib” loyihasi ijodkorlari maktab o‘quvchilari bilan uchrashdi
✔️Kunning ikkinchi yarmida shoirlar Chirchiq shahridagi 18-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchilarning dars jarayonlari va maktabdagi mavjud to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi, maktab o‘quvchilari tomonidan shoirlarning she'rlari ijro qilindi.
✅Ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan mazkur tadbir ishtirokchi o‘quvchilar qalbida adabiyotga mehr uyg‘otib, vatanparvarlik va sadoqat tuyg‘ulari shakllanishiga hizmat qildi.
🎁📙Yakunda maktab axborot-resurs markaziga ijodkorlar tomonidan turli nomdagi badiiy adabiyotlar hadya qilindi.