➡️21-oktyabr - O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun
✅Filialda "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim" mavzusida adabiy kecha bo‘lib o‘tdi
✔️ O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 36 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim" mavzusida adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.
🌎Bayram kechasini filial direktori, professor Bayrambay Erimbetov kirish so‘zi bilan ochib berdi va yig‘ilganlarni bayram bilan tabriklab, o‘zbek tilining ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.
🌎So‘ngra so‘zga chiqqanlar o‘zbek tilining jozibadorligi, uning jahon xalqlari o‘rtasidagi tutgan o‘rni va kelajak avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash, tilning maqomi va nufuzini ko‘tarish borasida qilingan ishlar haqida ma’ruzalar qildi.
🗣Tadbir doirasida Axborot resurs markazi tomonidan kitoblar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.
🔺Bayram filial talabalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.