🩺Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar yoshlar va sport yo’nalishiga mas’ul vazirlarning 9-yig’ilishida ishtirok etish maqsadida poytaxtimizda bo‘lib turgan Qozog‘iston Respublikasi Turizm va sport vaziri o‘rinbosari Erbol Kuantaevich Mirzabosinov 17-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga rasmiy tashrif bilan keldi.
✔️Tashrif davomida vazir o‘rinbosari Erbol Kuantaevich universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Jasur Zarifbayev hamrohligida universitet tuzilmasi, ilmiy-tadqiqot ishlari, sportchilarga yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
➡️Mehmon universitetning sport salohiyati va olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi hamda ikki davlat o‘rtasida sport aloqalarini yanada rivojlantirishga oid takliflarini bildirdi.
🌎Shu bilan birga, universitetimizda bo‘lib o‘tayotgan Yunon rum kurashi bo‘yicha U-20 yosh toifasida O‘zbekiston kubogi va Belbog'li kurash bo‘yicha Xalqaro do‘stlik kubogi musobaqalarini tomosha qildilar.
🟢Ushbu rasmiy tashrif universitet hayotida muhim voqea bo‘lib, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.