🗓13-oktabr kuni Toshkent shahrida ana shu mavzudagi xalqaro yoshlar konferensiyasi O‘zbekistondagi SHHT Xalq diplomatiyasi markazi va Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakolatxonasi hamkorligida bo‘lib o‘tdi.
📌Konferensiyada davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar birlashmalari hamda xalqaro hamkorlik va madaniyatlararo muloqot masalalari bilan shug‘ullanuvchi faollar ishtirok etdilar.
🗣 Ushbu konferensiyada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Jasur Zarifbaev “Sport — xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik ko‘prigi” mavzusida ma’ruza bilan chiqish qildi.
vakilimizning chiqishida sportning xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, tinchlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlovchi, tushunish va muloqotning umumiy tili sifatidagi o‘rnini ta’kidladi.
✅ Konferensiya doirasida O‘zbekistondagi SHHT Xalq diplomatiyasi markazi va O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘rtasida xalq diplomatiyasi, ta’lim va sport sohalarida qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.Bunday tashabbuslar yoshlar yetakchiligini rivojlantirish, xalqaro aloqalarni kengaytirish va xalqlar o‘rtasida o‘zaro hurmat hamda hamkorlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.