➡️O‘zDJTSUda dual ta’lim tizimi barcha sport turlari bo‘yicha davom etmoqda.
✔️Ma’lumki, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tomonidan sport ta’limi sohasida nazariy bilimlarini amaliyot bilan integratsiya qilish maqsadida dual ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
💠Jumladan, 2025-yil 14-oktabr kuni universitetning Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi Toshkent viloyati sportning o'yin turlari va yengil atletika bo'yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi bilan hamkorlikda Velosport va Triatlon ixtisosligi talaba-yoshlarining jamoaviy haydash texnikasini takomillashtirish mavzusida professor-o‘qituvchilar va tajribali murabbiylar tomonidan mahorat darsi tashkil etildi.