✅Bugun, 2-oktyabr Butunjahon avtomobilsiz kun bayrami nishonlanadi!
➡️“Shahar insonlar uchun maskan, hayot uchun maskan” shiori ostida shu kuni butun dunyo boʻylab yirik shaharlar aholisi shahar boʻylab sayohat qilish uchun avtomobillardan emas, tramvay, trolleybus, avtobus, metro, velosiped kabi transport vositalaridan foydalanishadi yoki piyoda yurishadi.
⏺Universitet professor o‘qituvchilari ham kafedra mudirlari "Avtomobilsiz kun" shiori ostida piyoda yurishdilar.
🗣Hurmatli fuqarolar, siz har oyda kamida bir kun avtomobilingizdan voz kechib, kurrai zaminning havosi ifloslanishini kamaytirish va sifatini yaxshilashga hissa qo'sha olasiz. Shunday ekan, ommaviy harakatga qoʻshiling va biz nafas olayotgan havo toza bo‘lishi va atrof-muhit hayot uchun yanada yaxshilanishiga yordam bering!