🔺Bugun 29-sentabr kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining navbatdagi Kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi.
🗣Kengash yig'ilishi universitet rektori R.Matkarimov raisligida o'tkazilib, sentabr oyi mobaynida mamlakatimiz hayotida ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar jumladan davlatimiz rahbarining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yubiley anjumani – 80-sessiyasidagi tarixiy nutqining ahamiyati va uning mazmun-mohiyati hususida, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi, ta’lim sifatini oshirishdagi mezonlar bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirdi.
💬Kengash yig'ilishi avvalida universiteti professori Shuhratulla Allamurodovga 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan "Oliy ta'lim a'lochisi" ko‘krak nishoni tantanali tarzda topshirildi.
⏺Shundan so'ng, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar, Ilmiy unvonga tavsiya etish, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy faoliyati monitoringi va natijalari tahlili va boshqa shu kabi masalalar ko‘rib chiqilib, Kengash tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.