Hurmatli professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va soha mutaxassislari!
2025-yil 10–12-oktyabr kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida “Qudratli davlatning yangi uyg‘onish davrida sog‘liqni saqlash, ta’lim va sport” mavzusidagi Xalqaro ko‘rgazma va ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Ushbu yirik tadbir doirasida sog‘liqni saqlash, ta’lim va sport sohalaridagi dolzarb muammolar, yangi yondashuvlar va innovatsion tajribalar 20 ta tematik sho‘bada muhokama qilinadi. Tadbirda respublika oliygohlarining sohaga mas’ul bo‘limlari rahbarlari va yetakchi mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti ushbu konferensiyada ishtirok etish imkoniyatini professor-o‘qituvchilarimiz, yosh olimlarimiz va mutaxassislarimiz uchun e'lon qiladi. Bu – ilmiy va amaliy hamkorlikni mustahkamlash, yangi g‘oyalar va tajribalar bilan almashish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Tadbir haqida batafsil ma'lumot bilan quyidagi rasmiy sayt orqali tanishishingiz mumkin: