📣E'lon‼️
🎓Hurmatli o‘qishini ko‘chirish istagida bo‘lgan talabalar diqqatiga!
✅2025/2026 o‘quv yili uchun respublika davlat oliy ta’lim muassasalari aro talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha arizalarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron dasturi – transfer.edu.uz, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan talabalarni o‘qishini respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni my.uzbmb.uz saytlari orqali 2025-yil 15-iyuldan 5-avgustga qadar topshirishi mumkinligi ma’lum qilamiz.
🗣Xususan, 2025/2026 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Nukus filialiga talabalar o‘qishini ko‘chirish uchun o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo‘yicha imtihonlar jadvali va o‘tish ballari bilan oliygoh veb-sayti (jtsu.uz) hamda quyidagi +998777698869 aloqa raqami orqali tanishib borishingiz mumkin.