#xalqaro_anjuman
✔️Maʼlumki, jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash, pedagogik va ilmiy salohiyatni yanada oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini tubdan yaxshilashda ilmiy anjumanlarning alohida oʻrni bor.
📊Bugun universitetning Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi hamda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda "ADAPTIV JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusida III Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjuman boʻlib oʻtdi.
🤔Anjuman universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Shukurjon Gaziyev tomonidan ochib berilib, Adaptiv sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va murabbiylar malakasini oshirish instituti vakillari, professor-o‘qituvchilar, mustaqil izlanuvchilar, Paralimpiya chempionlari, talabalar va mamlakatimiz olimlari bilan bir qatorda, Rossiya, Turkmaniston, Yevropa hamda Markaziy Osiyoning sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislari ishtirok etdi.
🖥Konferensiya davomida adaptiv jismoniy tarbiya va adaptiv sport muammolarining samarali yechimlarini topishga ilm-fan va amaliyot vakillarini keng jalb qilish, olimlar va mutaxassislar o‘rtasida ilmiy hamkorlik aloqalarni o‘rnatish, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish imkoniyatlari to‘g‘risida fikr-mulohaza va takliflar bildirilib, turli mavzularda taqdimotlar qilindi. Xususan, Rossiya Federatsiyasi P.F.Lesgaft nomidagi Milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti professori Sergey YEVSEEVning “Rossiya Federatsiyasida adaptiv jismoniy tarbiya va moslashtirilgan sport: holat va istiqbollar” mavzusida qilgan ma’ruzasi barchada katta qiziqish uyg‘otdi. Aytish joizki, barcha taqdimotlar yuzasidan qizg‘in muhokamalar o‘tkazildi.
📜🎁Yakunda anjumanning faol qatnashchilari sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.