#kafedra_kubogi
#mini_futbol
⚽️Ana shu shior ostida joriy yilning may-iyun oylarida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi tashabbusi bilan sporting mini-futbol turi bo'yicha talabalar o‘rtasida "KAFEDRA KUBOGI" musobaqasi o‘tkazildi.
✔️10 ga yaqin jamoalar ishtirokida shiddatli bahslar ostida kechgan ushbu musobaqaning final bosqichiga qadar yetib kelgan "OLIMP" hamda "YOSH MENEJERLAR" jamoalari o‘rtasidagi yakuniy o‘yin ham futbolga ishqiboz talabalar uchun yorqin va hayajonli lahzalarni tuhfa etdi.
🔹Murosasiz bahslar yakunida esa "Olimp" jamoasi raqib jamoani 2:1 hisobida mag’lub etib, chempionlikni tantana qildi.
📜🏅🏆🛍Musobaqa so‘ngida esa g‘olib va sovrindorlar diplom, medal, kubok hamda faol tashkilotchilar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.