#imtiyoz
✍️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan kamida 5 yil mehnat staji mavjud xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.
✍️O‘qishga qabul qilish tartibi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi. Bugungi kunda tavsiyanoma olish uchun xotin-qizlardan ariza va hujjatlar barcha tuman (shahar) Oila va xotin-qizlar bo‘limlarida qabul qilinmoqda va mazkur jarayon shu yilning 1-iyuniga qadar davom etadi.
✔️Shu munosabat bilan, mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan, o‘rta maxsus yoki professional taʼlim muassasalarini tamomlagan universitetimiz xotin-qizlarni mazkur imkoniyatdan unumli foydalangan holda, o‘z arizalarini 2025-yil 30-may sanasiga qadar oliygohning Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limiga topshirishlari mumkinligini ma’lum qilamiz.
📞Murojaat uchun telefon: +99890 324-21-38.