🏓Xabar berganimizdek, 2025-yil 22-27 may kunlari Xitoyning Sian jismoniy tarbiya universitetida bo‘lib o‘tgan “Xitoy–Markaziy Osiyo Universitetlari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha Xalqaro O‘quv Lageri” turnirida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari ham munosib ishtirok etib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
🎉Kecha, 28-may kuni universitet jamoasi tomonidan turnir g‘oliblari munosib kutib olinib, ularni erishgan yutuqlari bilan samimiy qutladilar.