⚡️ Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Turkiyaning Kirkkale universiteti rektori Prof. Dr. Ersan Aslan boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
✔️ Martabali mehmonlar universitet rektori Rashid Matkarimov tomonidan munosib kutib olindi.
🔰 Dastlab tomonlar o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilib, ikkala universitet haqida ma’lumot almashildi.
🔷 Shundan so‘ng ikki universitet o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy dastur va tadqiqotlarni rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan xalqaro loyihalar ishlab chiqish yuzasidan ikki universitet o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
➡️ Uchrashuv yakunida delegatsiya a’zolari universitetimiz muzeyi, talabalar turar joyi va ularning yashash sharoitlari shuningdek, sport inshootlari va ilmiy laboratoriyalar faoliyati bilan tanishtirildi.