#kitobxon_haftaligi #yarmarka
📚Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida respublikamiz bo'ylab "O‘zbekiston – kitobxonlar yurti" shiori ostida davom etayotgan "Kitobxonlik haftaligi" doirasida oliygohning Axborot resurs markazi “Hilol nashr” nashriyoti bilan hamkorlikda “Yangi adabiyotlar taqdimoti” va kitob savdo yarmarkasi o‘tkazildi.
📍Yarmarka doirasida talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar va tyutorlar ham faol ishtirok etib, sport turlari bo‘yicha yangi darslik va qo‘llanmalar bilan tanishish barobarida o‘zlarini qiziqtirgan badiiy hamda turli mavzularga oid kitoblarni xarid qilish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar.
✅Shuningdek, yarmarka davomida universitetning bir qator rahbar xodimlari tashabbus bildirgan holda, kitobsevar talabalar uchun badiiy adabiyotlar to‘plamini oliygoh kutubxona fondini boyitish uchun sovg‘a qildi.