#ilmiy_anjuman
📊Bugun, 26-aprel kuni ana shu mavzuda universitetning Taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan Respublika ilmiy-amaliy anjumani o'tkazildi.
✅Taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri B.Raxmatovning kirish so'zi bilan boshlangan anjumanda Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi vakillari, Andijon olimpiya, paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi qilichbozlik boʻlimi bosh murabbiyi B.Ganiyev, professor-oʻqituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, magistrant hamda talabalar ishtirok etdi.
💻Anjuman davomida bir qator qatnashchilar tomonidan mamlakatimizda qilichbozlik sport turini rivojlantirish, mazkur sport turidan tashkil etib kelinayotgan musobaqalarning yillar kesimidagi tahlili hamda mahoratli qilichbozlarni saralash tizimiga bag‘ishlangan dolzarb mavzularda taqdimotlar qilindi hamda ular bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
📜🧾Yakunda eng yaxshi taqdimot egalari maxsus diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandi.