#xizmat_safari
✅ 2025-yil 24-aprel kuni Malayziyada tashkil etilgan “Dwisutra” dasturining yopilish marosimi O‘zbekiston delegatsiyasining boy madaniy merosini namoyon etgan yorqin chiqishlari bilan yakunlandi.
✔️ Tadbir davomida delegatsiyamiz tomonidan ijro etilgan o‘zbek milliy cholg‘u asboblaridan taralgan kuylar va sahnaviy ko‘rgazmali chiqishlar ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.
🏢 2025-yil 25-aprel sanasida universitetimiz delegatsiyasi Pendidikan Sultan Idris Universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida universitet rektori, professor Dato' Dr. Md Amin bin Md Taff bilan uchrashuv tashkil etildi.
🗣 Uchrashuv davomida universitetimiz Yoshlar masalalari va madaniy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sherzod Mirzanov ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda talabalar o'rtasida sport musobaqalarini tashkil etish kabi istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashdi hamda ko‘rsatilgan samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, delegatsiya a’zolari Malayziyaning diqqatga sazovor joylari va tarixiy obidalariga tashrif buyurdi.
📍 Ta’kidlash joizki, mazkur xalqaro tashrif davomida amalga oshirilgan uchrashuvlar va madaniy almashinuvlar universitetimizning xalqaro aloqalarini mustahkamlash, ta’lim, ilm-fan hamda madaniyat sohalarida o‘zaro tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.