#grant
📣E'lon, E’lon, E’lon‼️
👩🎓👩💼Hurmatli universitetimiz professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrantlar hamda talabalar diqqatiga!
✅Sizlarga Slovakiya hukumati tomonidan xorijiy talabalar, doktorantlar, o‘qituvchilar, tadqiqotchilar uchun ta’sis etilgan Slovakiya Milliy stipendiya (National Scholarship Programme of the Slovak Republic) dasturini ma’lum qilamiz!
✔️Ushbu dastur orqali ishtirokchilar Slovakiya universitetlari va ilmiy tadqiqot muassasalarida 1 oydan 10 oygacha o‘qish, ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda dars berish imkoniyatiga ega boʻladilar.
👇Grant kimlar uchun?
⏩Bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalari,
⏩Universitet o‘qituvchilari,
⏩Tadqiqotchilar uchun.
📍E’tiborlisi, grant ishtirokchilarning Slovakiyadagi turar joyi, oziq-ovqat, o‘qish va ilmiy tadqiqotlar bilan bog‘liq xarajatlar dasturga muvofiq to'liq qoplanadi.
📆Arizalarni topshirish muddati:
🔹2025-yil 30-aprelga qadar (bahorgi semestr uchun);
🔹2025-yil 31-oktabrga qadar (kuzgi semestr uchun).
👉Arizalar onlayn tarzda quyidagi rasmiy veb-sayt orqali topshiriladi: https://www.scholarships.sk.
♻️Grant dasturi haqida qo‘shimcha ma’lumotlar universitetning Xalqaro aloqalar va investitsiyalarni jalb etish bo‘limi xodimlari tomonidan taqdim etiladi.
☎️Murojaat uchun telefon: +99877 444-49-92.