#UNIVERSITET_HAYOTIDAN
#mahorat_darsi
#sportda_dual_talim
✔️2025-yil 27-mart kuni universitetning Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan belbog‘li kurash yo‘nalishi talaba-yoshlarning amaliy mashg‘ulot jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi, xalqaro toifadagi hakam Ravshan Dastirov ishtirokida mahorat darsi o'tkazildi.
✅Mashg‘ulot davomida mutaxasis tomonidan belbog‘li kurash musobaqalarida ishlatiladigan hakamlik qoidalari va usullari amaliy misollar yordamida ko‘rsatib o‘tildi.
📍Shuningdek, Ravshan Dastirov bitiruvchi kurs talabalari bandligiga ko'maklashish maqsadida O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasidagi mavjud bo'sh ish o'rinlari hamda ularga joylashish tartibi haqida zaruriy ma'lumotlarni berib o'tdi.