#para_voleybol
2025-yil 26-27 mart kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sportning para voleybol turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
✅Unda respublikamizning bir qator hududlaridan kelgan 50 nafardan ortiq para atletlar 6 ta jamoaga bo'linib o‘zaro shiddatli bahslarga kirishdilar. Aytish joizki, mazkur chempionatni boshqarishda oliygohning Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati hamda Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedralari professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar.
👇Yakunda esa quyidagi natijalar qayd etildi:
🥇Toshkent viloyati
🥈Farg'ona viloyati
🥉Jizzax viloyati
🏅📜🎁Musobaqaning taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindorlarga chempionat tashkilotchilari tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.