#universitet_hayotidan
#Student's_week
👩🎓🧑🎓Ayni kunlarda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning Nukus filiali iqtidorli talaba-yoshlari bilan birgalikda do'stlik aloqalarini mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat hissini oshirish va ommaviy sport turlariga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish maqsadida "Student's week" loyihasi bo‘lib o‘tmoqda.
🖥🤼♟Loyihaning dastlabki kunida talabalar o‘rtasida kibersport turidan bahslar o‘tkazildi. Ikkinchi kunida esa oliygoh va filial talabalari birgalikda jamoalarga bo‘lingan holda milliy harakatli o‘yinlar hamda sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha o‘zaro musobaqalashdilar.
✅Aytish joizki, mazkur haftalikni mazmunli tashkil etish va o‘tkazishda oliygohning Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari, tyutor hamda o‘qituvchilar jonbozlik ko‘rsatmoqda.
📍Eslatib o‘tamiz, talaba-yoshlarda katta qiziqish uyg‘otgan ushbu loyiha hafta oxiriga qadar davom etadi.