#ma’rifat_maydoni
📚Joriy yilning 19-mart kuni Toshkent davlat transport universitetida oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʻrtasida atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng targ'ib qilish maqsadida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Ma’rifat maydoni” Respublika tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
✅E’tiborlisi, tanlovda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari ham faol ishtirok etib, buyuk sarkarda, shoh va shoir, mumtoz adabiyotimizning yirik nomayondasi Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga murojaat qilishdi. Uning asarlarini o‘ziga xos sahna ko‘rinishlari orqali ifodalab, hakamlar hay'ati tomonidan e'tirof etildi.