#Navro‘z_bayrami
💐Navro‘z - nafosat, yangilanish hamda o‘zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va anʼanalarini o‘zida mujassam etgan umumxalq bayramidir. Ushbu ulug‘ ayyom mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan buyon har yili katta tantana va yuqori saviyada tashkil etilib kelinmoqda.
🏆Bugun, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham oliygoh rahbariyati, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin Navro‘z” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
✅Tadbirda so‘z olganlar Navro‘z qadim-qadimdan xolis niyatli kishilarning sevimli ayyomi bo‘lib, bu kunda hatto urush-janjallar to‘xtagan, gina-qudratlar kechirib yuborilgan. Umuman olganda, bu bayram yangi rejalar, yangi maqsadlar bayrami ekanligini alohida qayd etdi.
🎼🪕Ayniqsa tadbirning badiiy qismidan o‘rin olgan iqtidorli talabalar ishtirokidagi milliy kuy-qo‘shig‘-u laparlar va raqslar yig‘ilganlarga bir olam zavq bag‘ishladi.