#talaba_yutuqlari
🏊2025 yil 13-16 mart kunlari kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi suv sport saroyida sinxron suzish sporti bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
✅Ushbu musobaqada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda talaba-qizlari hakamlik qilib, musobaqa jarayonlarini nazorat qilib borishdi.
👩🎓👩💼Xususan, kafedra o'qituvchilari Go'zal Axmedova, Elmira Fayzullayeva hakam, sinxron suzish yo‘nalishi talabalari esa musobaqa kotibiyati a'zolari sifatida o‘z mahoratlarini namoyon etdilar.
🏅Shuningdek, kafedra talabalari Ziyoda Toshxo'djayeva hamda Anna Vashchenko musobaqa ishtirokchilari sifatida ham munosib qatnashib, mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi!