#esse_tanlovi
📝2025-yil 13-mart kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Boks hamda Jangovar yakkakurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedralari talabalari o‘rtasida “Milliy qadriyatlar san'ati” mavzusida esselar tanlovi tashkil etildi.
📍Talabalarga milliy qadriyatlarimizning ahamiyatini kengroq anglatish va ularni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazilgan ushbu tanlovda ishtirokchilar milliy qadriyatlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, uning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati hamda sport bilan bog‘liq jihatlari haqida o‘z fikr-mulohazalarini ijodiy tarzda ifodaladilar.
✔️Yakunda Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti raisi, O'zbek va chet tillari kaefdrasi o'qituvchilari hamda tyutorlardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan milliy sport turlari, milliy liboslar hamda hunarmandchilik san’ati haqidagi esselar alohida e’tirof etildi.